Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya Tokio Olimpiadasini xorijlik tomoshabinlarsiz o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda

Yaponiya Tokio Olimpiadasini xorijlik tomoshabinlarsiz o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda

Foto: «Pobedarf.ru»

Yaponiya hukumati koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq qo‘rquv tufayli chet elliklarning Tokio Olimpiadasida qatnashishini taqiqlamoqchi.

Reuters agentligining «Mayniti» gazetasiga asoslanib xabar berishicha, uning muxbirlari rasmiylar Yaponiyadan tomoshabinlarni qabul qilish masalasini va muxlislar uchun mumkin bo‘lgan cheklovlarni o‘rganib chiqishini ta’kidlamoqda. Qaror Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) bilan mart oyida bo‘lib o‘tadigan muzokaralardan so‘ng qabul qilinadi.

Yaponlar bu yil yozda Tokioda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazishni istamaydilar. Respondentlarning 58 foizi sport tadbirlariga qarshi. «Iomiuri» gazetasi ma’lumotlari shundan dalolat beradi.

Avvalroq, O‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi rahbari Seyko Xasimoto jurnalistlarga ma’murlar hali musobaqani tomoshabinlarsiz o‘tkazishni o‘ylamayotgani haqida aytgan edi. Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari 23-iyuldan 8-avgustgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring