Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mamlakatdagi korrupsiya va «semiz vazirlar» bir-biriga to‘g‘ri proporsional — Blavatski

Mamlakatdagi korrupsiya va «semiz vazirlar» bir-biriga to‘g‘ri proporsional — Blavatski

Foto: «Pixabay»

Fransiyaning Monpeledagi biznes-maktabi sotsiologi Pavlo Blavatski g‘aroyib tadqiqot o‘tkazib, mamlakatlardagi korrupsiya darajasi va hukumat a’zolarining tana massalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni isbotlashga urinib ko‘rdi. Uning xulosalari «Economics of Transition and Institutional Change» jurnalidagi maqolada keltirilgan.

Olim korrupsiya darajasini aniqlash uchun vazirlarning fotosuratlari va neyrotarmoqdan foydalandi. Avvaliga neyrotarmoqni dasturlab, inson tana massasi indeksi (TMI)ni baholashga o‘rgatdi, so‘ngra bu «aqlli g‘alvir»dan 15 ta zamonaviy davlat, sobiq ittifoq mamlakatlarining 299 nafar vazirlari fotosuratlarini (2017-yilda olingan suratlar) o‘tkazdi. Sotsiolog olingan xulosa-raqamlarni bu mamlakatlardagi korrupsiya darajasini ko‘rsatuvchi besh xil baholash, xususan, Transparency International hamda Jahon banki ma’lumotlari bilan taqqoslab chiqdi.

Butun sobiq ittifoq doirasida korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar — Estoniya, Litva, Latviya va Gruziya hukumatlari a’zolarining TMI ko‘rsatkichlari ham past chiqdi, jaydarichasiga aytganda, bu mamlakatlarning vazirlari ozg‘indan-ozg‘in...

Blavatskining neyrotarmog‘i Turkmaniston, Turkmaniston hamda O‘zbekiston vazirlarini «og‘ir vaznlilar» toifasiga kiritdi...

«Vazirlar tana massasining median indeksi korrupsiya darajasini ko‘rsatuvchi e’tirof etilgan beshta indikatorga tamomila muvofiq keldi. Yashirin siyosiy korrupsiyani tom ma’noda yuqori siyosiy namoyandalarning fotosuratlarida ko‘rish mumkin», — deb xulosa qiladi Blavatski.

Muallif Armaniston bilan bog‘liq yaxshi misol ham keltirgan: 2018-yilda Serj Sargsyan hukumati o‘rniga Pashinyanning «xushbichim» hukumati kelganidan so‘ng, mamlakatda korrupsiya indeksi sezilarli tarzda pasaygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring