Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini cheklanmagan miqdorda tanlash imkoni beriladi

Abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini cheklanmagan miqdorda tanlash imkoni beriladi

Foto: «Xabar.uz»

2021/2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlar avvalgidek 5 tagacha emas, test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil bo‘lgan cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov ma’lum qildi.

 —  Bunda avvalo «cheksiz tanlov» iborasi xohlagan ta’lim yo‘nalishini tanlashni anglatmaydi va bunday o‘zgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qat’i nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi. Kengroq tushuntirilganda, «cheksiz tanlov» faqat test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari doirasida amal qiladi. Bu o‘zgarish ham abituriyentlarning o‘qishga kirish imkoniyatini keskin oshiradi, — deydi Majid Karimov.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha DTM test natijasini ko‘rish yanada osonlashtirilganini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring