Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligi 100-maktab-internatga kompyuter jamlanmasi topshirdi

AKT vazirligi 100-maktab-internatga kompyuter jamlanmasi topshirdi

Bugun, 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahridagi 100-maktab-internatiga kompyuter jamlanmasi topshirdi.

Ushbu kompyuter jamlanmalarini topshirishdan asosiy maqsad – barcha fuqarolarimiz kabi jismonan nuqsoni bor bo‘lgan yurtdoshlarimizga ham e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, hamma uchun qulay, teng dunyo yaratishda innovatsiyalarning rolini oshirish, zarur bilim va kasb-hunarlarni egallab, barcha soha va tarmoqlarda faol ishtirok etishini ta’minlash, jumladan, kompyuter savodxonliklarini oshirish orqali IT sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishlariga imkon yaratish, deyiladi xabarda.

Ushbu topshirish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev, AKT vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, vazirlik mas’ul xodimlari hamda internat o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Kelgusida maktabda bolalar uchun zamonaviy IT sinfxonasi yaratilishi hamda kibersport va boshqa yo‘nalishlarda mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring