Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Berkinmachoq» o‘yini tugadi: xodima ishga tiklandi!

«Berkinmachoq» o‘yini tugadi: xodima ishga tiklandi!

Foto: «Aktobetimes.kz»

Bir necha kun burun saytimizda Xorazmning Yangiariq tumani xalq ta’limi bo‘limida kadrlarni joy-joyiga qo‘yish bilan bog‘liq masala qalamga olinib, bu jarayonda tasavvurga sig‘mas «o‘yinlar» aniq misol bilan yoritilgandi.

«Qadr va kadr. Yoki vazirlik «parol»ni tushunmabdimi?» sarlavhali mazkur maqolaga munosabat ko‘p kuttirmadi. Xorazm viloyat xalq ta’limi boshqarmasi «Telegram»dagi kanalida kanalida ushbu maqolaga nisbatan «raddiya» e’lon qildiki, nomlanishini aytmasa, jurnalist qo‘ygan birorta savolga javob yo‘q edi unda. Baayni «berkinmachoq» o‘yinining o‘zi! Shundan kelib chiqib, saytimizda «Xorazm XTBga savol: raddiyami yo berkinmachoq?» sarlavhali ikkinchi maqolani e’lon qilishga to‘g‘ri keldi.

Garchi Xorazm viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va uning Yangiariq tuman bo‘limi «qovun tushirib» qo‘yganini o‘z vaqtida anglab yetmagan bo‘lsa-da, maqolalarda ko‘tarilgan muammoga xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari xolislik bilan yondashibdi. Ma’lumotlarga qaraganda, vazirlik tashabbusi bilan Gulruh Ibragimova vazifasiga qayta tiklandi.

Xayrli bo‘lsin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring