Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir yaqinda ochiladigan Jurnalistika universitetiga bordi

Bosh vazir yaqinda ochiladigan Jurnalistika universitetiga bordi

Foto: Sherzod Qudratxo‘jayev /«Facebook»

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘jayev «Facebook»dagi sahifasida yozishicha, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov oliy o‘quv yurtiga tashrif buyurdi.
Qudratxo‘jayev bosh vazir bilan ta’lim jarayoni, unga innovatsion texnologiyalarni olib kirish, talabalarga qulayliklar yaratish kabi qator muhim masalalar haqida bafurja gaplashib olingani haqida so‘z yuritgan.
«Tantanali kun tobora yaqinlashmoqda. 40 dan o‘tib 41 ga yaqinlashmoqdamiz», — deb yozgan Sherzod Qudratxo‘jayev «Facebook»dagi sahifasida.

Foto: Sherzod Qudratxo‘jayev /«Facebook»

Bosh vazirga Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Mirabbos Inoyatov hamrohlik qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring