Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchida maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchini urib, haqoratlashda ayblanmoqda

Chiroqchida maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchini urib, haqoratlashda ayblanmoqda

Foto: Google.com

Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchini sinfxonada, o‘quvchilar ko‘z o‘ngida urib, haqoratlashda ayblanmoqda. Bu haqda Qashqadaryo viloyat XTBga asoslanib «O‘qituvchi» kanalida ma’lumot berilgan.

2019 yil 25 oktyabr kuni Chiroqchi tumanidagi 89-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Xudayberdiyev 8-«b» sinf o‘quvchisi Xoldorov Jamshid Bobur o‘g‘lini sinfxonadagi o‘quvchilar oldida urgani hamda sha’ni va qadr-qimmatini yerga uruvchi haqoratli gaplarni aytgani xabar qilingan. Shu sababli o‘quvchining bobosi X.To‘rayev maktabga kelib A.Xudayberdiyevga nisbatan u aytgan haqoratli gapini isbotlab berishini, agar isbotlab bermasa unga nisbatan e’tiroz bildirib tegishli joylarga murojaat qilishini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan 89-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Xudayberdiyev qayerda ekani surishtirilgan. O‘rganish davomida u 2019 yil 28 oktyabr kuni soati 12:00dan tuman tibbiyot birlashmasidagi terapiya bo‘limida yotib davolanayotgani aniqlangan. A.Xudayberdiyev bilan suhbat o‘tkazilganda, o‘quvchisi Xoldorov Jamshid Bobur o‘g‘lini urmagani va haqorat qilmaganini bildirdi.

89-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Xudayberdiyev kasalxonadan chiqqandan keyin faoliyati to‘liq o‘rganilib, amaldagi qonunchilikka asosan chora ko‘riladi. Ushbu holat yuzasidan tegishli o‘rganish holatlari davom ettirilmoqda

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring