Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ijodiy imtihonlar videotasvirga yozib olinadi va namoyish etiladi

Ijodiy imtihonlar videotasvirga yozib olinadi va namoyish etiladi

Foto:«Xalq so‘zi»

AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida bu yilgi ijodiy imtihonlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshevning aytishicha, endilikda ota-onalar institutlar hovlisiga kiritilmaydi.

Ular uchun tashqarida jarayonni televizion ko‘rish uchun sharoit yaratiladi.

Kuzatuvchilar rangli va ovozli tarzda abituriyentlarni kuzata oladi. Mazkur institutda bu yil eng ko‘p hujjat topshirgan. Ma’lum qilinishicha, 15 387 abituriyent ayni yo‘nalishda o‘qish uchun talabgor bo‘lgan. Yurtimizdagi taniqli san’atkorlar imtihon jarayonida ishtirok etadi.

Bu yil kasbiy imtihon topshirgan har bir talabgor videotasvirlarga olinadi va keyinchalik ochiq-oydin ko‘rsatiladi. Qo‘yilgan baholar tahlil etiladi.

«Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetidan nega ijodiy imtihonlar olib tashlandi?» degan savolga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov quyidagicha javob berdi:

- Pandemiya sharoitida 13 ta ta’lim yo‘nalishida test + ijodiy edi. Ushbu imtihonlarga bir marta kelish ta’minlanishi uchun oliy ta’lim muassalari rahbarlari bilan maslahatlashib, davlat komissiyasiga taklif kiritildi.

Natijada abituriyentlarning imtihonga bir marta kelishlarini ta’minlash maqsadida ijodiy imtihonlar olib tashlandi va o‘rniga oldingi uchinchi blok fanidan test imtihonlari qo‘shildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring