Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inspeksiya ogohlantiradi. Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Inspeksiya ogohlantiradi. Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Yaqinda ayrim saytlarda  Toshkent shahrida yangi «Toshkent biznesni rivojlantirish va boshqarish instituti tashkil etilganligi va 2019-2020-o‘quv yili uchun dastlabki talabalarni qabul qilishi rejalashtirilgani e’lon qilindi. Unga ko‘ra, institut go‘yoki, biznes sohasida yetuk va sifatli kadrlarni tayyorlaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ayrim saytlarda e’lon qilingan «Toshkentda yangi institut tashkil qilindi! Qanday qilib 2019-yilda imtihonlarsiz grant asosida talaba bo‘lish mumkin?» mavzusidagi Toshkent biznesni rivojlantirish va boshqarish instituti nodavlat oliy ta’lim muassasasining tashkil etilishi haqidagi maqola materiallari bo‘yicha e’lonni o‘rganib chiqdi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, «TOShKENT BIZNESNI RIVOJLANTIRISh VA BOShQARISh INSTITUTI Nodavlat oliy ta’lim muassasasi» hamda uning qoshida tashkil qilingan «BUSINESS SCHOOL» O‘QUV MARKAZI»ga  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziya berilmagan va mazkur muassasa Inspeksiyaga litsenziya olish uchun ham murojaat qilmagan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring