Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada O‘zbekiston yoshlari assotsiatsiyasi tashkil etildi

Italiyada O‘zbekiston yoshlari assotsiatsiyasi tashkil etildi

Italiyaning Turin shahrida «Politecnico di Torino» magistr talaba yoshlari tomonidan Italiyadagi O‘zbekiston yoshlari assotsiatsiyasi tashkil etildi. Uyushma joriy yilning 20-fevralidan o‘z faoliyatini boshladi.

Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi, yurtimizdagi yoshlarni Italiya universitetilari bilan yaqindan tanishtirish, ularga talabalikkacha bo‘lgan davrda ko‘maklashishdan iborat. Aniqroq aytganda, universitetga topshirish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi, universitet tomonidan qo‘yilgan talablar, OTM va Italiya hukumati ta’sis etgan grantlar (scholarship) to‘g‘risida ma’lumot, VISA olish tartibi va boshqa hujjatlarga oid savollarga javob topishda ko‘maklashadi.

Bundan tashqari, assotsiatsiya Italiyadagi hamyurtlarimizni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ularni bu mamlakatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, cheklovlar, imtiyozlar haqida xabardor qilib borish barobarida talabalar orasida turli tadbirlar tashkillashtirishni maqsad qilgan.

Assotsiatsiya vakillarining maqsadlari ezgu bo‘lib, bilimli, ammo turli qiyinchiliklarka duch kelayotgan yoshlarga ko‘maklashishdan iboratdir. Shu sababli xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.

Murojaat uchun:

  • Telefon: +39 375 50428 07
  • E-mail: contact_uyai@gmail.com
  • Assotsiatsiya prezidenti instagrami: @maxamatxojayev
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring