Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni ma’lum qilindi

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni ma’lum qilindi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni ma’lum qilindi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi. 

Imtihonlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hududida o‘tkaziladi.

Imtihon kunlari:

  • Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati – 7- avgust.
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab – 8-9-avgust.
  • Muhammad al Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi – 10-12-avgust.

Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00, 16:00 da o‘tkaziladi.

Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 2-avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda.

Sms-xabarnomani qabul qilgandan so‘ng ariza.piima.uz saytidagi «Shaxsiy kabinet»dan Ruxsatnomani yuklab, chop etib olishingiz shart!

Imtihonga talabgor tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va Ruxsatnoma bilan kelishi lozim.

Imtihon o‘tkaziladigan manzil: Toshkent, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring