Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: xabar.uz

Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i bilan Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

2019-yilning 1-iyul kunidan boshlab, Dilfuza Ruziqulovna Sadriddinova Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi rahbari lavozimida o‘z faoliyatini boshladi.

Dilfuza Sadriddinova 1994-yili Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan.

1994-yildan shu kunga qadar xalq ta’limi sohasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Yangi tayinlovga qadar, 2004-yildan beri Jizzax shahridagi Jizzax shahridagi eng nufuzli maktablardan biri hisoblangan 22-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktori lavozimida ishlab kelgan.

Dilfuza Sadriddinovaga Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi rahbari lavozimi vazifasida viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim mussasalari faoliyatini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring