Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Konspektni yozma va elektron tarzda ham talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q...» - vazirlik

«Konspektni yozma va elektron tarzda ham talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q...» - vazirlik

AOKA zalida Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ishtirokida brifing o‘tkazildi. 

Maktab rahbariyati o‘qituvchilardan konspekt talab qilishga haqlimi? Elektron shakldagi konspektlar ham hisobga o‘tadimi?

Bugungi kunda o‘qituvchilar uchun sinf jurnalidan boshqa barcha turdagi hujjatlarni yuritish bekor qilingan. Konspekt ham shular jumlasidan.

Konspektni yozma tarzda, ham elektron tarzda ham talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q.

Bunday talab «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida» qarorida belgilab qo‘yilgan. Qarorga muvofiq, o‘qituvchi faqat sinf jurnalini yuritadi.

Aytish joizki, so‘nggi 3 yil davomida o‘qituvchilar tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni 7 dan 1 tagacha kamaytirildi. Bu o‘qituvchilarimizga o‘z vaqtini o‘quvchilari va o‘zlari ustida ishlashlari uchun imkon yaratdi.

Agar hurmatli o‘qituvchilarimizdan ortiqcha hujjatlarni talab qilish kabi holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa, Xalq ta’limi vazirligining 71 202 0909 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring