Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik: «Maktab va litsey bitiruvchilari o‘qishga imtihonsiz kirishi bo‘yicha xabar haqiqatga zid»

Vazirlik: «Maktab va litsey bitiruvchilari o‘qishga imtihonsiz kirishi bo‘yicha xabar haqiqatga zid»

Foto:«Gazeta.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda 2020-2021 o‘quv yilida umumta’lim maktablari va akademik litsey bitiruvchilari imtihonsiz o‘qishga qabul qilinishi to‘g‘risida tarqalgan xabarlar haqiqatga zid.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

«Vazirlik o‘qishga qabul qilish tartibiga hech qanday o‘zgartirish kiritilmaganini ma’lum qiladi. Abituriyentlarni esa yozgi imtihon va sinovlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiradi» deyiladi xabarda.

Avvalroq, OTMlarda o‘qish 2020-yil 2-sentyabrdan boshlanishi haqida xabar yolg‘on ekani aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring