Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktablarda imtihonlar bekor qilingani yo‘q – Xalq ta’limi vazirligi

Maktablarda imtihonlar bekor qilingani yo‘q – Xalq ta’limi vazirligi

Ba’zi ommaviy axborot vositalarida maktablarda imtihonlar bekor qilingani haqida ma’lumot e’lon qilindi.

Mazkur ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz, deya munosabat bildirdi Xalq ta’limi vazirining matbuot kotibi.

Qayd etilishicha, Respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llarini yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maxsus hukumat komissiyasining bu masaladagi qarorini o‘z kanallari orqali ma’lum qiladi.

O‘quvchilarga «Onlayn maktab» kanallarida namoyish etilayotgan televizion darslar orqali bilim olishni davom ettirishlari tavsiya etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring