Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda ta’sis etilgan «Senator stipendiyasi» o‘z egalariga topshirildi

Namanganda ta’sis etilgan «Senator stipendiyasi» o‘z egalariga topshirildi

Foto: «Senat.uz»

Xabar berilganidek, Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nosirbek Abdullaxanov shu yilning fevral oyida Namangan shahridagi 46-sonli umumta’lim maktabidagi mavjud holatlarni ko‘zdan kechirib, o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda a’lo baholarga o‘zlashtiradigan o‘g‘il-qizlar uchun stipendiya joriy etishini ma’lum qilgandi.

O‘quvchilarni ilmga qiziqtirish, ta’lim bilan tarbiyani uyg‘un holda olib borish maqsadida Respublikada birinchi bo‘lib «Namangan tajribasi» sifatida ta’sis etilgan «Senator stipendiyasi»ning ilk egalari aniqlandi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi mas’ullari 46-sonli maktabga borib, a’lo baholari va namunali xulqi bilan alohida ajralib turadigan bilimdon o‘quvchilardan 10 nafarining har biriga 250 ming so‘m miqdoridagi stipendiya topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlash joizki, bunday ezgu loyiha ilm olishga intiluvchi yoshlarni o‘z ustida ishlash va yuqori ko‘rsatkichlarga erishish sari intilishga undaydi. Qolaversa, bu xayrli tashabbus peshqadam ilm dargohlaridan ortda qolgan 46-maktabda ta’lim sifati oshishi, bitiruvchilarni oliy ta’limga qiziqtirish, asosiysi, o‘quvchilarning bilim va salohiyatini yuksalishida munosib hissa qo‘shadi, desak mubolag‘a emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring