Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyati hokimi Top-100 talikka kirgan 22 nafar informatika o‘qituvchisini taqdirladi

Navoiy viloyati hokimi Top-100 talikka kirgan 22 nafar informatika o‘qituvchisini taqdirladi

«Bir million o‘zbek dasturchisi» loyihasida ishtirok etib, natijaga ko‘ra respublika Top-100 taligida birinchilikni qo‘lga kiritgan navoiylik 22 nafar informatika fani o‘qituvchisi Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov tomonidan taqdirlandi. Bu haqda Navoiy viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hokimlik rasmiy qabul zalida viloyat hududlaridan jam bo‘lgan o‘qituvchilar hokimlik tashakkurnomasi hamda AKT vazirligi tomonidan ajratilgan 4 900 000 so‘m pul bilan mukofotlandi.

Navoiy viloyatida ta’lim sifati va mazmunining yuqori darajada tashkil etilgani natijasida 359 ta umumta’lim maktablariga optik tolali yuqori tezlikdagi internet o‘tkazilib, «education» ta’rifiga o‘tkazildi. 232 ta umumta’lim maktablarida «kundalik.com» elektron kundaligi joriy etilib, qog‘oz shaklidagi kundalikdan butunlay voz kechildi. 164 ta maktabda wi-fi zonalari va lokal tarmoqlar tashkil etildi.

Navoiy shahridagi 8-maktab Axborot texnologiyalari va informatika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirildi. 8 ta shahar va tumanlarda IT-markazlar o‘z faoliyatini boshladi. Xalq ta’limi tizimining resurslari, kuch va vositalarini avtomatik boshqaruv tizimi «IRP» barcha umumta’lim maktablariga joriy etildi.

Shuningdek, hozirgi kunda viloyat xalq ta’limi tizimidagi tegishli o‘qituvchilar va mas’ul shaxslarning sa’y harakati bilan «Bir million o‘zbek dasturchisi» loyihasi doirasida viloyat bo‘yicha 53 517 nafar o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘qib, dasturchi kasbini egalladi.

Navoiy viloyati respublikaning boshqa viloyatlari orasida eng yuqori ko‘rsatgichni qayd etib, Prezident sovg‘asi «Spark» avtomobili ko‘lga kiritdi hamda bir qancha o‘qituvchilar «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, dasturchi kasbini egallagan o‘quvchilarni frilanserlik faoliyatiga jalb qilish ishlari boshlanib, 100 nafardan ortiq o‘quvchilar frilanserlik faoliyati orqali daromad topishi yo‘lga qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring