Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda davlat sherikligi asosidagi ilk xususiy maktab ochildi

Navoiyda davlat sherikligi asosidagi ilk xususiy maktab ochildi

Foto: «Xabar.uz»

Navoiy viloyatida xalqaro matematika faniga yo‘naltirilgan «Qorako‘l maktabi» bilan hamkorlikdagi aniq va tabiiy fanlar hamda chet tillariga ixtisoslashgan «Navoiy-Qorako‘l» maktab-internati tashkil etilgan edi.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha viloyatda yana bir ta’lim maskani, davlat sherikligi asosidagi ilk xususiy maktabga asos solindi.

Abu Rayhon Beruniy nomi bilan ataladigan ushbu dargohda 320 nafar iqtidorli yoshlar ta’lim olishadi.

Mazkur xususiy maktabda viloyatda istiqomat qiladigan fuqarolar o‘z farzandlarini joriy yilning 1 fevralidan boshlab maktabning boshlang‘ich 1-4 sinflarda o‘qitish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Viloyatda xususiy ta’lim tarmog‘ini kengaytirish maqsadida 2020 yilda har bir hududda 1 tadan davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat ta’lim muassasasi tashkil etish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring