Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nizom tasdiqlandi. Qanday holatda xorij diplomini tan olish sinovsiz amalga oshiriladi?

Nizom tasdiqlandi. Qanday holatda xorij diplomini tan olish sinovsiz amalga oshiriladi?

Foto: Rusayns

Hukumat qarori (620-son, 24.07.2019 y.) bilan Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olganlik uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Quyidagi hollarda hujjatlarni tan olish sinovlarsiz amalga oshiriladi:
— umumiy o‘rta va o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish ta’limini olgan talabgorlarning hujjatlari;
— O‘zbekistonda bo‘linmalari va qo‘shma ta’lim muassasalari mavjud xorijiy ta’lim muassasalarida o‘qigan talabgorlarning hujjatlari;
— Xalqaro 1000 talik reytingga kirgan oliy ta’lim muassasalarining hujjatlari;
— vazirlik va idoralar yo‘llanmalari asosida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;
— 1992 yil 1 yanvargacha xorijiy ta’lim muassasalariga kirgan talabgorlarning hujjatlari;
— Oliy ta’limda sifatni baholash Yevropa assotsiatsiyasining a’zolari tomonidan akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim olganlarning hujjatlari;
— AQSh, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarida akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim olganlarning hujjatlari;
— vazirlik va idoralar tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;
— xalqaro shartnomalar, Prezident va Hukumat hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar.

Talabgorlar so‘rovnomaga ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat, uning ilovasi hamda ularning o‘zbek tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasini ilova qiladi.

Sinov asosida tan olinadigan hujjatlar uchun test sinovlari tashkil etiladi va bu haqida 10 kun oldin Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining saytida e’lon qilinadi.

Test sinovi 50 ta savoldan iborat bo‘ladi va 54 va undan kam ball to‘plagan talabgorlarning hujjatlari tan olinmaydi.

2019 yil 1 sentyabrdan xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun arizalar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring