Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimpiadada o‘quvchisi o‘rin olgan o‘qituvchilarga pul mukofoti beriladimi?

Olimpiadada o‘quvchisi o‘rin olgan o‘qituvchilarga pul mukofoti beriladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori 7-bandida, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog kadrlari quyidagi tartibda eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash tartibi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish belgilangan.

Ayni kunlarda Vazirlik tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda takliflar (Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi) tayyorlanib, ko‘rib chiqish (tasdiqlash) uchun Hukumatga kiritilgan, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Ushbu qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Belgilangan tartibda tasdiqlanganidan so‘ng, ommaviy axborot vositalari va telegram kanalimiz orqali e’lon qilinadi va barcha ta’lim muassasalariga yetkaziladi.

Vazirlik barcha pedagoglardan ijtimoiy tarmoqlardagi va ba’zi telegram kanallaridagi xalq ta’limi tizimiga oid tasdiqlanmagan ma’lumotlarga chalg‘ib qolmasliklarini so‘raydi. Fan olimpiadasida o‘quvchisi o‘rin olgan o‘qituvchilarga pul mukofoti berilish tartibi bo‘yicha rasmiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng barcha xabardor qilinadi va amaliyotga joriy etiladi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring