Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘qituvchilar uchun yangi nishonlar ta’sis etilmoqda

O‘qituvchilar uchun yangi nishonlar ta’sis etilmoqda

Oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog va xodimlarini rag‘batlantirish uchun “Oliy ta’lim fidoyisi” hamda “O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari ta’sis etilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qarorga ko‘ra, mukofot bilan ta’lim tizimida fidokorona mehnat qilayotgan, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlariga munosib hissa qo‘shayotgan ta’lim tizimi vakillari taqdirlanadi.

Ta’lim muassasalari ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 20-iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etishi lozim. Taqdirlash to‘g‘risidagi tegishli buyruq har yili 25-sentyabrgacha chiqariladi.

Shuningdek, hujjatda ko‘krak nishoni har yili O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida tantanali topshirish ko‘zda tutilmoqda. Ko‘krak nishoni sohiblari bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti olishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring