Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik talaba — Tataristonning eng yaxshi chet ellik talabasi!

O‘zbekistonlik talaba — Tataristonning eng yaxshi chet ellik talabasi!

Foto: «Addnt.ru»

Qozon Federal universiteti Xalqaro aloqalar institutining 4-bosqich talabasi, O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulligida stajyor Jonibek Jafarov 2020-yilning eng yaxshi chet el talabasi mukofotini qabul qildi.

Marosimda Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov ishtirok etdi.

«25-yanvar kuni «Piramida» sahnasida mukofot natijalarini kutarkanman, to‘rt yillik o‘qishdagi voqealarni esladim. Shu vaqt mobaynida ulkan ishlar amalga oshirildi, natijalarini tanlovda namoyish qildim. Master-klass doirasida vatanimning milliy taomi — o‘zbek palovini taqdim etishga muvaffaq bo‘ldim.

Hurmatli ekspertlarning bahosiga ko‘ra, Tataristonning eng yaxshi chet ellik talabasi faxriy unvoniga sazovor bo‘ldim. Menga bildirilgan ishonchlarni oqlayman!

Meni biladigan, yaxshi ko‘radigan va qo‘llab-quvvatlaydigan har bir insonga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Negaki siz mening tayanchim va kuch-quvvatimning ajralmas qismiga aylandingiz», — deb yozadi Jonibek Jafarov «Facebook»da.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring