Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident borgan maktabga Ucell kompaniyasi texnik jihozlar sovg‘a qildi

Prezident borgan maktabga Ucell kompaniyasi texnik jihozlar sovg‘a qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kecha, 27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishini chuqur o‘rganish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabiga tashrif buyurgani xabar berilgandi.

Bu yerda ilg‘or o‘quv dasturi uchun xonalar va shart-sharoitlardan tashqari, innovatsion metodlardan foydalangan holda fakultativ darslarni o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ucell, Artel, ZTE va Huawei kompaniyalarining maxsus sinflari mavjud.

«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) maktabga bir qator texnik jihozlar sovg‘a qildi.

Bugun ushbu o‘quv dargohi ostonasida mamlakat kelajagi bizning iqtidorli yoshlarimiz qo‘lida ekanligi sezamiz. Mamlakatimiz rahbariyati ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratmoqda: yangi maktablar qurilmoqda, moddiy-texnik baza modernizatsiya qilinmoqda, o‘quv jarayoni uchun zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Mamlakatda ta’lim tizimi katta o‘zgarishlarga duch keldi: nafaqat darsliklar tarkibida, balki tizim ham tubdan o‘zgardi.

Bugungi kunga qadar prezident maktablari Nukus, Namangan, Xiva va Toshkentda ochilgan. Prezident maktablarini tashkil etish tashabbusi juda muhim va dolzarb qaror edi. Ushbu innovatsion o‘quv muassasalar maktablar islohotining o‘ziga xos lokomotivi bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.

Bunday maktablarning g‘oyasi noyobdir: Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va ko‘plab buyuk olimlar va mutafakkirlarni dunyoga tanitgan Ma’mun akademiyasi va Sharqiy Uyg‘onish davridagi boshqa ta’lim markazlarining ulug‘vor an’analarini tiklab, o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni jalb qilish.

«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabiga 19 monoblok, interfaol sensorli panel, televizor, kompyuter, virtual reallik ko‘zoynaklari va boshqa jihozlarni taqdim etdi.

Vladimir Kravchenko, «COSCOM» MChJ bosh direktori v.b. (Ucell savdo belgisi):

— Bugungi kunda axborot texnologiyalari ta’lim tizimi rivojlanishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Ucell yordami bilan yangi texnologiyalar bilan jihozlangan xona Toshkentdagi Inha universitetida ham mavjud. Yana bir loyihamiz: yaqinda ochilgan Amiti universitetida ham kompyuter xonasini jihozlab berish. Biz bolalar yoshlikdan texnologiyalar bilan tillashishlarini istaymiz. Bu mamlakatimiz yoshlarining intellektual salohiyati, qiziquvchanligi va yuqori bilim faolligini ijobiy rivojlanishiga yo‘naltirishga imkon beradi. Kelajakda ularni qo‘llab-quvvatlab, o‘qishlarida homiylik qilishga va ish joylarini taklif etishga tayyormiz. Maktab o‘quvchilari muvaffaqiyatli olimlar, matematiklar, astrofiziklar, IT-mutaxassislar — yangilanayotgan mamlakatga munosib fuqarolar bo‘lishiga chin dildan ishonamiz.

Ucell kompaniyasi ushbu jihozlar o‘quvchilarni zamonaviy kompyuterlar va innovatsion texnologiyalar olamiga jalb etishda yordam beradi, bilim va ko‘nikmalarni barkamol shakllantirishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring