Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori ommaga e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori ommaga e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

«Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–290, 21.06.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

2024/2025 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida Universitetning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonlari ikki bosqichda – dastlabki imtihon va kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda:

- dastlabki imtihon va kirish test sinovlari DTM tomonidan o‘tkaziladi;
- dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o‘rganiladi;
- kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.

2024-yil 1-yanvarga qadar:

- Universitet faoliyatida «Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish» axborot tizimini to‘liq joriy etiladi;

- Universitetning ilmiy jurnalini Scopus, Web of Science yoki boshqa xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritiladi.

2023-yil 1-martgacha umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ilg‘or o‘qituvchilarning ochiq darslarini onlayn platformalar orqali namoyish qilish va ularning muhokamasini tashkil etish amaliyotini joriy qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring