Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sport maktablarida oliy ma’lumotli xodimlar 51 foizdan 100 foizga oshiriladi

Sport maktablarida oliy ma’lumotli xodimlar 51 foizdan 100 foizga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida farmon imzoladi. Unga ko‘ra, mamlakatda sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholi sonini oshirish nazarda tutilgan.

Farmonda shunday deyiladi:

jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug‘ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish;

davlat sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 51 foizdan 100 foizgacha yetkazish;

joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof to‘rt bosqichli tizim (muassasa-tuman (shahar)-hudud-respublika) ishlab chiqish va joriy etish;

bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘quvchi-sportchilari o‘rtasida «Bolalar olimpiya o‘yinlari»ni o‘tkazish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Talabalar spartakiadasi» sport musobaqasini tashkil etish natijasida talabalarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring