Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalarning qishki ta’til kunlari hali rasman tasdiqlanmagan

Talabalarning qishki ta’til kunlari hali rasman tasdiqlanmagan

Internet tarmog‘ida oliy o‘quv yurtlari talabalarning qishki ta’til kunlari to‘g‘risida turli ma’lumotlar berilmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, vazirlik tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari va akademik litsey, professional hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilarining qishki ta’til kunlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha hujjat loyihasi tayyorlangan.

Mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilingach, qo‘shimcha axborot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring