Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Test sinovlari o‘tkaziladigan sana e’lon qilindi

Test sinovlari o‘tkaziladigan sana e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarida qatnashish maqsadida mart va aprel oylari uchun ro‘yxatdan o‘tgan hamda to‘lovni amalga oshirgan talabgorlar uchun test sinovlari 2020-yil 7-8-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Davlat test markazi axborot xizmati xabar berdi.

Test joyi, kuni va vaqtini «Shaxsiy kabinet»ingiz orqali bilib olishingiz mumkin.

Test sinovi topshiriladigan bino hududiga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma) bilan kelishingiz so‘raladi.

Eslatma: Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha test sinovi o‘tkazilmaydi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring