Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda texnologiyalar yo‘nalishida yangi universitet ochiladi

Toshkentda texnologiyalar yo‘nalishida yangi universitet ochiladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimligida Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar Toshkentda ko‘p tarmoqli texnologiya universitetini ochish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, yangi ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini to‘liq shakllantirish, xorijlik mutaxassislarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, uchrashuvda universitetda turli yo‘nalishlarga ko‘p sonli talabalarni qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilish yakunida istiqbolga tegishli qarorlar qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring