Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Usmon Sharifxo‘jayev xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Usmon Sharifxo‘jayev xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosarini tayinlash bo‘yicha qaror imzoladi.

Unga ko‘ra, Sharifxo‘jayev Usmon Ulfatovich Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Yangi lavozimga tayinlanishi munosabati bilan Usmon Sharifxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ta’lim sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida Alisher Umarov faoliyat yuritgan edi. Joriy yilning fevral oyida Alisher Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring