Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorijdan o‘qishini ko‘chirayotganlar diqqatiga: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Xorijdan o‘qishini ko‘chirayotganlar diqqatiga: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Qo‘shni davlatlardagi OTMlardan o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirayotgan talabalar firibgarlar tuzog‘iga tushib qolish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi Feruza Madrahimova xabar qilib o‘tdi.

«Qo‘shni davlatlardagi OTMlardan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha murojaat qilayotgan fuqarolar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Hududiy ishchi guruhlarga fuqarolar tomonidan qalbaki (soxta, yasama) hujjatlar topshirilayotganligi aniqlanmoqda.

O‘qishini qo‘shni davlatlardagi OTMlardan ko‘chirish to‘g‘risida ariza topshirgan fuqarolarning hujjatlari to‘liq tekshiriladi va qalbaki hujjatlar aniqlangan taqdirda talabalikka qabul qilinmaydi. Bunday holatda hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Sizga qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan birida o‘qiganlik to‘g‘risidagi qalbaki hujjat qilib berishni taklif etayotgan ta’magir va firibgarlarning takliflaridan ehtiyot bo‘ling», — deyiladi murojaatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring