Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi» bo‘lishga da’vogarning «Facebook»da sahifasi bo‘lishi shart, ovoz berishda keng omma qatnashadi

«Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi» bo‘lishga da’vogarning «Facebook»da sahifasi bo‘lishi shart, ovoz berishda keng omma qatnashadi

Foto: «uzedu.uz»

Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi - 2019» respublika tanloviga start berildi. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Tanlovning respublika bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan g‘oliblar mos ravishda eng kam ish haqining 15, 12, 8 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

E’tiborli tomoni, tanlovda ishtirok etishni istagan o‘qituvchi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida shaxsiy sahifasi (akkaunti)ga ega bo‘lishi lozim. Ishtirokchining Facebook akkaunti omma uchun ochiq bo‘lishi va faoliyatini o‘z akkaunti orqali #yiloqituvchisi2019 va #yilo‘qituvchisi2019 xeshteglaridan foydalangan holda muntazam yoritib borishi talab etiladi. Ushbu yangilik keng ommani o‘qituvchilar faoliyati bilan tanishtirib borish maqsadida tanlov shartlariga kiritildi.

Joriy yilda tanlovning respublika bosqichida ishtirok etayotgan o‘qituvchilarga keng ommaning ham ovoz berishiga imkon beriladi. Ovoz berish jarayoni Xalq ta’limi vazirligining «Facebook»dagi (http://www.facebook.com/uzedu) rasmiy sahifasida tashkil etiladi. Ovoz berish natijasiga ko‘ra o‘qituvchilar ma’lum bir ballarga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring