Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yosh chegarachilar» litseyiga bo‘sh vakansiyalar e’lon qilindi

«Yosh chegarachilar» litseyiga bo‘sh vakansiyalar e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif qiladi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-sonli «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tasarrufida Surxondaryo viloyatida «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseyi tashkil etilmoqda.

Mazkur litseyiga yuqori bilim darajali, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 3 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni ishga taklif qilamiz.

«Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseyining o‘qituvchilari va boshqa xodimlariga «Temurbeklar maktabi»ning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi.

«Yosh chegarachilar» litseyi ishchi va xizmatchilari sonidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:

  • o‘qituvchilar uchun - 5 barobar;
  • psixolog uchun - 3 barobar;
  • axborotlashtirish va aloqa bo‘linmalari xodimlari — 2 barobar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.

«Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseyida ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar ishga taklif etiladi:

-ona tili va adabiyoti;

-rus tili va adabiyoti;

-tarix;

-ingliz tili;

-fizika;

-astronomiya;

-algebra;

-geometriya; 

-kimyo;

-biologiya;

-geografiya;

-ma’naviyat asoslari;

-davlat va huquq asoslari;

-jismoniy tarbiya;

-informatika va axborot texnologiyalari;

-chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik.

«Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

Nomzodlarga quyidagilar talab etiladi:

  • ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan o‘z fanini o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha sertifikat;
  • Xorijiy tilni bilish darajasini aniqlovchi sertifikat IELTS yoki DTM;
  • ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha chop etilgan ilmiy maqolalar ro‘yxati;
  • ilmiy ishlari ro‘yxati;
  • ilmiy unvon.

«Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseyining manzili: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi 35-uy.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseyida ishlashni xohlovchi o‘qituvchilar 2021 yilning 1 fevral kunidan 25 fevral kuniga qadar DXX Chegara qo‘shinlari 9785-sonli harbiy qismga (Surxondaryo viloyati Termiz tumani Yangiariq aholi punkti, mo‘ljal Mudofaa vazirligi dala-o‘quv maydoni oldida) yoki 76-229-95-69 telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring