Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh olimlar anjumani onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi

Yosh olimlar anjumani onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi

2020-yil 14-15-may kunlari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida «Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari» mavzusidagi an’anaviy XIX – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani onlayn shaklda o‘tkaziladi.

Mazkur anjuman yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy izlanish natijalarini muhokama etish, ularni kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlash, qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolarini yechishning ilmiy-uslubiy va huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda kadrlar tayyorlash borasida erishilayotgan natijalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan.

Anjumanda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligida suvdan samarali foydalanish, ekologiya va atrof muhit muhofazasi, gidrotexnika inshootlari, suvni ko‘tarish vositalarini modernizatsiyalash hamda ularni ishonchliligi va xavfsizligi, qishloq va suv xo‘jaligi ishlarini mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va avtomatlashtirish, yer resurslaridan samarali foydalanish, qishloq va suv xo‘jaligi masalalariga matematik modellashtirish usullari va axborot texnologiyalarini joriy etish hamda suv xo‘jaligida kadrlar tayyorlash muammolariga oid masalalarni muhokama qilish asosiy vazifa etib belgilangan.

Mazkur anjuman 11 ta ilmiy yo‘nalishlarda olib borilishi va ularda jami 300 dan ortiq taqdimotlar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Onlayn tarzda o‘tkazilayotgan konferensiyada boshqa turdosh OTM larning yosh mutaxassislari, magistr va talabalari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Barcha ishtirokchilarni taqdimotlar muhokamasida o‘zaro savol-javoblar bilan faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

TIQXMMI matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring