Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-iyuldan boshlab davlat subdomenidagi saytlarga kirishda ishlatiladigan trafik uchun haq olinmaydi

1-iyuldan boshlab davlat subdomenidagi saytlarga kirishda ishlatiladigan trafik uchun haq olinmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qilingani haqida xabar bergandik.

Unga ko‘ra, olis va qishloq aholi punktlariga telekommunikatsiya va internet xizmatlari kirib borishi ta’minlanadi.

Shuningdek, belgilandiki:

  • Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha simsiz ma’lumotlar uzatish uchun signal quvvatidan qat’i nazar 2400-2483,5 MGs va 5000-5999MGs radiochastota polosalarida ekspluatatsion yig‘im va radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lov undirilmaydi;
  • davlat ko‘chmas mulkidan telekommunikatsiya ob’yektlarini o‘rnatish uchun foydalanganlik ijara to‘lovining eng kam stavkalari, oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llamagan holda, «simli elektr aloqasi»dan foydalanish maqsadi bo‘yicha stavkaga teng miqdorda qo‘llaniladi.

Qaror bilan:

Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat subdomenida (gov.uz) joylashtirilgan axborot resurslariga kirishda ishlatiladigan trafik uchun haq olmaslik tavsiya etildi.

Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga 2022-yil 1-yanvarga qadar telekommunikatsiya ob’yektlarini qurish-montaj ishlarini, radioelektron vositalarni o‘rnatish maydonchalarini (joylarini) o‘rnatilgan tartibda kelishgandan so‘ng, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan parallel ravishda amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring