Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2020-yil texnika olamida nimalar o‘zgardi? (foto)

2020-yil texnika olamida nimalar o‘zgardi? (foto)

Foto:«Dentons»

2020-yil global pandemiya natijasida juda og‘ir kechgani rost. Biroq bu texnologiya, xususan gadjetlar olamida bir qator yangiliklar ro‘y berishiga to‘sqinlik qilmadi.

Yil yakuni arafasida esquire.com joriy yilning eng yangi va qiziqarli gadjetlari haqida maqola e’lon qildi.

Quyida mazkur maqolaning birinchi qismini e’tiboringizga havola qilamiz.

 Moto Razr 5G

Apple, Samsung va Google o‘rtasidagi shiddatli jang safiga yana bir asosiy o‘yinchi-qahramon Motorola o‘zining klassik imzosi hisoblangan Razr telefoni bilan qaytdi. Razr iPhonedan oldin, aynan iPhone mavqeyida bo‘lgan.

Ushbu yangi qurilmada katlanuvchi ekran mavjud. Ichki ekrandan tashqari, u shuningdek old tomonida kichik ekranga ega bo‘lib, u xabarnoma markazi sifatida ishlatilishi, shu bilan birga undan o‘yin o‘ynash va video tomosha qilish maqsadida ham foydalanish mumkin.

Puppy Hachi Infinite M1 proyektori

Pandemiya sabab kinoteatrlar ommaviy yopilgandan keyin odamlar o‘zlarining hovlilari va yashash xonalarini turli tomoshalar uchun proyektorlar bilan jihozlashga kirishdi. Odatdagi proyektorlarni uyga o‘rnatish murakkab bo‘lib, qo‘shimcha uskunalarga ehtiyoj seziladi.

Hachi Infinite ushbu muammoni Netflix va Hulu kabi dasturlar orqali Android tizimidagi planshetlarda hal qildi. Natijada,  USB-C to HDMI kabilarga endilikda ehtiyoj sezmaysiz. Hachi Infinitening yana bir o‘ziga xosligi bu uning sezgirligidir. Gorizontal ravishda o‘girilganda proyektor devorga yoki choyshabga normal ishlaydi, lekin vertikal ravishda o‘girilganda har qanday sirt ustida nurdan yasalgan sensorli ekran xosil bo‘ladi.

Alpha 7C Mirrorless raqamli kamerasi

Joriy yilda Sonyning Alpha 7C raqamli kamerasi katta bozorlarga chiqdi. Ushbu 24,2 megapikselli, to‘liq raqamli fotoapparat hozircha dunyodagi eng kichkina va yengil mantiyaga da’vo qilishi mumkin. Qurilmadagi avtomatik funksiyalarni ham e’tirof etsa bo‘ladi.

 Googledan smart ryukzak

Google birinchi marta kiyiladigan Jacquard  texnologiyasini Levi va yuqori darajadagi Saint Laurent ryukzagiga biriktirdi. Mazkur aqlli ryukzak SAMSONITE kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ryukzakning o‘ziga xosligi unda ruchka ichiga ulangan bosh barmog‘idan kichikroq chipning mavjudligidadir. Kranlar yordamida qo‘shiqlarni o‘tkazib yuborish, ovoz balandligini oshirish, qo‘ng‘iroqlarga javob berish va boshqa qo‘shimcha narsalarni qila olasiz. Eng yaxshi tomoni shundaki, ushbu chipni olib tashlab ryukzakni yuvishingiz mumkin.

Liteboxer Fitness anjomi

Liteboxer Fitness anjomini 2020 yilning yana bir muhim kashfiyotlaridan biri sifatida aytish mumkin. Liteboxer Fitness jismoniy mashqlarni qilish bilan bir qatorda jarayonni qiziqarli va to‘g‘ri o‘tkazishga yordam beradi. Ya’ni, qurilmaning yuz qismida yonib turuvchi tugmachalar mavjud. Bu sizga jismoniy mashqlarni boksga tushish orqali amalga oshirish imkonini beradi.

Yeti USB Mic

Siz hali ham simli Apple minigarnituralaringizda o‘rnatilgan mikrofon orqali gaplashmoqdasiz. Bu anchayin naqulay.

Joriy yil yaratilgan Yeti USB Mic mikrofon orqali esa, siz aniqroq eshitasiz va turli videokonferensiya aloqalarida guruhingiz buning uchun minnatdorchilik bildiradi. Yeti USB Mi hamyonbopligi va qadoqlash sifati bilan farq qiladi. Mikrofon stolda bemalol ishlaydi va ovoz balandligini sozlash uchun bir nechta tugmachalar bor. Bu sizning raqamli ovoz sifatingizni o‘n baravar oshiradi.

CleanPod UVC sterilizatori

Bu qo‘lda ishlatiladigan sterilizator. Siz undan ultrabinafsha nurlari va mikroblarni yo‘q qilish uchun deyarli hamma narsaga yo‘naltirishingiz mumkin.

Shuningdek, CleanPod UVC sterilizatoridan oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib to yuklargacha tez sanitarizatsiya qilish uchun yangi va noyob vositadir.

Nanoleaf  shakllari: olti burchakli aqlli to‘plam

Nanoleaf joriy yil iste’molchilar uchun interaktiv yoritish uskunasini taqdim qildi. Uchburchak va to‘rtburchaklardagi devorlarning yorug‘lik panellari to‘plamini kengaytirib, Nanoleaf endi o‘z katalogida olti burchaklarga ega. Ushbu chiroqlar nafaqat ajoyib ranglar va naqshlarni yaratishga qodir, balki ular teginishga javob beradi va hatto sizning aqlli uy boshqaruvchingiz sifatida ishlaydi.

Shuningdek, Nanoleaf reaktiv funksiyani amalga oshirdi, bu orqali endi televizoringizda sodir bo‘layotgan voqealarga qarab olti burchakning rangi o‘zgaradi.

Pixel Buds

2020 yilning yana bir bebaho ixtirolari sirasiga Pixel Budsni keltirsa arziydi. U qulay eshitish vositasi bo‘lib, telefonlar va operatsion tizimlar o‘rtasida juda ko‘p qirrali xususiyatlarga ega. Ovoz sifati va batareyaning ishlash muddati siz kutgan barcha narsalarni taqdim etadi.

Shu bilan birga, uning yordamida musiqadan muammosiz video qo‘ng‘iroqlarga o‘tish, fon shovqinlarini kamaytirish mumkin. Uning qobiqsimon shakli esa, uzoq vaqt quvvatni ushlab turadi.

Hypervolt Plus simsiz massaj uskunasi

Yakunlanayotgan yilda massajsevarlar uchun ajoyib uskuna sotuvga chiqarildi. Hypervolt Plus 60 volt dvigitel yordamida massajni uch xil tezlikda amalga oshiradi.

Shuningdek, u foydalanish uchun o‘ziga xos qulay bo‘lib, xavfsizligi bilan ham ajralib turadi.

                                                                Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring