Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri Qozog‘istonda aloqa ma’muriyatlari rahbarlari bilan uchrashdi

AKT vaziri Qozog‘istonda aloqa ma’muriyatlari rahbarlari bilan uchrashdi

Foto: «Xabar.uz»

Avval xabar berganimizdek, Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Aloqa sohasida hududiy hamkorlik (ASHH) Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashi hamda ASHH Axborotlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Foto: «Xabar.uz»

16-sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin Aloqa ma’muriyatlari rahbarlarini qabul qildi. Bu haqda Qozog‘istondan «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi delegatsiya Rossiya, Tojikiston, Ozarbayjon, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston aloqa ma’muriyatlari rahbarlari bilan muloqotlar o‘tkazdi.

Foto: «Xabar.uz»

Shuningdek, AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Xalqaro elektraloqa ittifoqi Bosh kotibi Xoulin Jao, Butunjahon pochta ittifoqi Bosh direktori Hussayn Bishar, ASHH ijroiya qo‘mitasi Bosh direktori Nuruddin Muhitdinov, Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi vitse-prezidenti Tao Xou, GSMA assotsiatsiyasining tartibga soluvchi masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Jon Justi, Qozog‘iston Respublikasi kosmik aloqalar markazi boshqaruvi raisi Baurjon Kudaboyev bilan uchrashdi. Muzokaralarda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, kelgusi istiqbolli vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

ASHHning 55-yig‘ilishi bugun, 17-sentyabr kuni ham o‘z ishini davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring