Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligiga onlayn portalni ishga tushirish vazifasi topshirildi

AKT vazirligiga onlayn portalni ishga tushirish vazifasi topshirildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kun tartibida davlat va jamiyatimiz hayotining barcha sohalari qamrab olingan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandik.

Prezidentimiz «Inson qadri uchun – 100 ta maqsad» doirasida amalga oshiriladigan ishlarimiz va ularning natijasini aholining barcha qatlami va xorijiy hamkorlarimizga to‘laqonli shaklda, sodda va tushunarli tilda yetkazib borish zarurligini ta’kidladi, deya xabar berdi Prezident matbuot kotibi.

Mutasaddilarga yangi yondashuvlar asosida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali dastur ijrosi bo‘yicha barcha darajadagi rahbarlarning har o‘n besh kunda xalqqa hisobot berish tizimini yo‘lga qo‘yish va nazoratini tashkil qilish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga dasturning joylardagi ijrosi natijadorligini aholiga yetkazish bo‘yicha onlayn portalni ishga tushirish vazifasi topshirildi.

Shu bilan birga, dastur ijrosining monitoringi, aholining bu boradagi fikr va mulohazalarini qabul qilishning institutsional tizimi ham bo‘lishi shart, deya ta’kidladi Prezident hamda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va «Yuksalish» umummilliy harakati faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirish bo‘yicha taklif kiritishni topshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring