Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Amazon» 100 mingta yangi ish o‘rni ochmoqda — koronavirus sababli buyurtmalar ko‘payib ketdi

«Amazon» 100 mingta yangi ish o‘rni ochmoqda — koronavirus sababli buyurtmalar ko‘payib ketdi

Foto: «DW»

Dunyodagi eng katta internet-riteyler — «Amazon.com» koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘payib ketgan onlayn buyurtmalarni o‘z vaqtida uddalash uchun qo‘shimcha 100 mingta ish o‘rni ochmoqda, deb xabar berdi «Interfaks».

Asosan omborxonalarga saralovchilar va kurerlar ishga olinadi. Kompaniya blogidagi ma’lumotga ko‘ra, bu ish o‘rinlari to‘liq va yarim stavkada ochiladi.

Bundan tashqari, «Amazon» kompaniyasi aprel oyi oxiriga qadar omborxona, transport va buyurtmalarni eltish xizmatida ishchilarga to‘lanadigan soatbay maoshni oshiradi. Soatbay qo‘shimchalar AQShda 2 dollar, Buyuk Britaniyada 2 funt sterling ($1,6), aksariyat Yevropa mamlakatlarida 2 yevro atrofida ($1,8) bo‘ladi. Rag‘batlantiruvchi moliyalashtirishga kompaniya jami $350 mln. ajratgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring