Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

Apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qarori (732-son, 03.12.2021-y.) bilan Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Ma’muriy reglamentga ko‘ra, rasmiy hujjatga apostil qo‘yish, murojaat etuvchining o‘z xohishiga ko‘ra, an’anaviy yoki elektron tarzda amalga oshiriladi.

Murojaat etuvchi davlat xizmati olish uchun DXMga o‘zi kelib yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron tarzda murojaat etadi.

So‘rovnoma to‘ldirilib, uni ko‘rib chiqish uchun tegishlicha yig‘im undiriladi:

  • ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha – BHMning 20 foizi miqdorida;
  • adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha – BHMning 20 foizi miqdorida;
  • boshqa hujjatlar bo‘yicha – BHMning 10 foizi miqdorida.

YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

So‘rovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Quyidagilarga apostil qo‘yilmaydi:

  • chet elda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;
  • tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga;
  • O‘zbekiston fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga.

Rasmiy hujjatga apostil qo‘yish bilan bog‘liq barcha jarayonlar «E-App» va «E-register» dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek, quyidagi hollarda apostil qo‘yish rad etiladi:

  • rasmiy hujjatda zarur rekvizitlarning hech bo‘lmaganda biri mavjud bo‘lmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
  • rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega bo‘lmasa.

Mazkur tartib 2022-yil 1-martdan amalga kiritiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring