Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamyonbop yangi «iPhone» taqdim etiladi — insayder

Hamyonbop yangi «iPhone» taqdim etiladi — insayder

Foto: «Reuters»

«Apple» kompaniyasi 2021-yil boshlarida hamyonbop yangi smartfonini taqdim etadi. Bu haqda insayder Komiya «Twitter»da xabar qoldirdi.

Insayderga ko‘ra, 2020-yilning so‘nggi choragi hamda 2021-yilning ilk choragida «Apple» rasmiy do‘konlarida beshta smartfon taqdim etiladi. Bular: iPhone SE, XR, 11 hamda iPhone 12 va 12 Pro yangi modellari. 2021-yilning ikkinchi choragidan boshlab qurilmalar assortimenti o‘zgarishga uchraydi.

iPhone XR ishlab chiqarishdan yoki savdodan olib tashlanadi — insayderning bunga ishonchi komil. Uning o‘rnini iPhone 12s egallaydi. Blogerning fikricha, keng foydalanuvchilar ommasiga mo‘ljallangan bu arzon smartfon XR ning o‘rnini egallaydi.

Amerika kompaniyasi iPhone 12 chiqqanidan so‘ng qator modellarini ishlab chiqarishini to‘xtatishi ma’lum bo‘lgandi. Xususan, «Apple» iPhone 11 va 11 Pro Maxlarni sotishni to‘xtatadi. Shuningdek, kompaniya internet-do‘konlari 2018-yilda chiqarilgan iPhone XR savdosini to‘xtatatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring