Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Apple» qon bosimini o‘lchovchi yangi gadjetni patentladi

«Apple» qon bosimini o‘lchovchi yangi gadjetni patentladi

Foto: «NYMag»

«Apple» kompaniyasi har bir inson o‘zining arterial qon bosimini o‘lchashda ishlatishi mumkin bo‘lgan qurilma dizaynini patentladi. Mazkur texnologiya «Apple Watch» «aqlli» soatlarining kelgusi avlodlarida qo‘llanilishi mumkin, deb xabar beradi «NV.ua».

Ta’kidlanishicha, patentda qurilmaning umumiy jihatlari haqida so‘z boradi. Xususan, yangi gadjetga arterial qon bosimini o‘lchovchi datchiklar o‘rnatilgan.

«Apple» patentiga ko‘ra, ularning qurilmasiga foydalanuvchining oyoq yoki qo‘lidagi tomirlardan o‘tuvchi qon bosimini o‘lchaydigan bitta datchik o‘rnatilishi kerak. Shuningdek, «bajaruvchi mexanizm» ham bo‘lib, u siz uchun qaysi bosim yaxshi ekanligini ko‘rsatib turadi.

Agarda «Apple» mahsuloti ommaviy ravishda ishlab chiqariladigan bo‘lsa, bu dunyoda yuqori bosim muammolari tez-tez kuzatiladigan davlatlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Hozircha kompaniya yangi qurilmani alohida ishlab chiqarishi yoki «Apple Watch» platformasiga integratsiyalashtirishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring