Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro‘yxati belgilandi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro‘yxati belgilandi

Foto: Xabar.uz

4 ta sinfdan iborat axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro‘yxati belgilandi.

Vazirlar Mahkamasining «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror prezidentning «Tadbirkorlik sub’yektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

Hujjat bilan 4 ta sinfdan iborat axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro‘yxati belgilandi: 

  • telekommunikatsiya xizmatlari;
  • dasturiy apparat komplekslari, axborot va boshqaruv tizimlari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, loyihalashtirish, ko‘maklashish va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlari, ushbu sohadagi boshqa xizmatlar;
  • axborot va ma’lumotlar bilan ishlash xizmatlari;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa xizmatlar.

Ushbu sinflar 20 ta pozitsiya, ular esa o‘z navbatida 42 ta subpozitsiyadan iborat. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring