Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Besh kamerali smartfonlarning eng arzoni taqdim etildi: «Cubot X30» (video+foto)

Besh kamerali smartfonlarning eng arzoni taqdim etildi: «Cubot X30» (video+foto)

Foto: «Twitter»

«Cubot» kompaniyasi pentakamerali (asosiy kamerasi beshtali) smartfonlarning eng hamyonbopini taqdim etdi.

«Cubot X30»ning narxi — 149 dollar.

Foto: «Superplanshet»

Smartfonga 6,4-dyuymli ekran (FullHD+), MediaTek Helio P60 protsessori, 6/8 GB tezkor xotira, 128/256 GB doimiy xotira o‘rnatilgan, akkumulyatori tok sig‘imi — 4 200 mAs.

Smartfon NFC modulini ham qo‘llaydi.

Foto: «Superplanshet»

Asosiy kamerasidagi bosh modul (Samsung S5KGM1) 48 megapikselli. Qolganlari 16, 5, 2 va 0,3 megapikselni qo‘llaydi. Frontal kamerasi esa 32 megapikselli.

«Cubot X30» rasman 27 iyuldan sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring