Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniyalik olimlar telefon orqali «yurak xuruji» tashxisini qo‘yishga qodir neyrotarmoqni yaratdi

Daniyalik olimlar telefon orqali «yurak xuruji» tashxisini qo‘yishga qodir neyrotarmoqni yaratdi

Foto: «Disruptordaily.com»

Daniyalik olimlar yurak xuruji sodir bo‘lganini aniqlashga qodir «Corti Signal» neyron tarmog‘ini yaratdi. Yangi sun’iy intellekt tez yordam xizmatidagi operatorlarning aksariyati payqay olmaydigan infarkt holatlariga to‘g‘ri tashxis qo‘ya oladi, deb xabar berdi «NV.ua».

«Corti Signal» real vaqtda ma’lumotlarni tahlil qiladi va atiga bir necha soniyada tashxisni qo‘yadi. Ushbu dastur nafaqat eshitish va og‘zaki ma’lumotlarni tahlil qiladi, balki jabrlangan insonning nafas olishini ham kuzata oladi.

«Suhbatlar — ma’lumotlarning bir qismidir. Biz bevosita ovoz oqimiga murojaat qilib, undagi muhim ma’lumotlarni aniqlashga qodir ko‘plab neyron tarmoqlari yaratdik. Ushbu imkoniyatlar qanchalik sifatli bo‘lsa, bizning bashoratimiz shunchalik aniq bo‘ladi», — deydi ixtirochilardan biri.

Ta’kidlanishicha, tibbiyot xizmatining tajribali dispetcheri yurak xurujini 73 foiz holatda aniqlaydi. «Corti Signal» esa ushbu vaziyatda 95 foiz aniqlikda ishlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring