Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng arzon 5G-smartfonlar ikki soatga qolmay sotilib ketdi

Eng arzon 5G-smartfonlar ikki soatga qolmay sotilib ketdi

Foto: «Xiaomi Today»

Bugun, 7-yanvar kuni Xitoyda eng arzon 5G-smartfon — «Redmi K30 5G» birinchi marta sotuvga chiqarildi.

Qurilma o‘tgan yili ikki talqinda (5G va 4G) taqdim etilgandi.

Foto: «Ferra.ru»

Oddiy «Redmi K30» Xitoyda 2019-yil dekabrida sotuvga chiqqandi, bugun esa 5G-cmartfon ham do‘konlarga chiqdi — faqat eng qimmat jamlanmalisi, ana shu 375 dollarlik smartfonlar ikki soatga qolmay qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi.

Foto: «5nch.com»

Keyingi partiya 10-yanvar kuni yana xuddi shu narxda sotilishi kutilyapti.

Kompaniya rahbari Ley Szun «Redmi K30 5G»lar hammaga yetadi deb va’da bergandi, aftidan, smartfonlar bunchalik tala-tala bo‘lib ketishini o‘zlari ham kutishmagan.

Darvoqe, sal sabrlilar 14-yanvargacha kutishsa «Redmi K30 5G»ning arzonroq xillari $285 va $330 dan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring