Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» minglab ilovalarni to‘xtatib qo‘ydi

«Facebook» minglab ilovalarni to‘xtatib qo‘ydi

Foto: EPA/UPG

«Facebook» 400 dan ortiq ishlab chiqaruvchilarning o‘n minglab ilovalarini to‘xtatib qo‘ydi. «Cambridge Analytica» konsalting kompaniyasi orqali ma’lumotlar chiqib ketishi surishtiruvi jarayonida ushbu qarorga kelindi, deyiladi «Facebook» bayonotida.

«Facebook» foydalanuvchilarining ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega ilovalarni kompaniya 2018-yilning mart oyidan o‘rganishni boshlagandi. Hozirgacha 1 milliondan ortiq ilovalar o‘rganib chiqildi, surishtiruv davom etmoqda.

Ayrim ilovalar to‘liq bloklangan bo‘lsa, ayrimlari ustidan «Facebook» da’vo bilan chiqqan. Masalan, Janubiy Koreyaning «Rankwave», Gonkongning «LionMobi» va Singapurning «JediMobi» kompaniyalari. «Facebook» ta’kidlashicha, yuqoridagi kompaniyalar ishlab chiqqan ilovalar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining telefonlarini ziyon keltiruvchi dasturiy ta’minot bilan zararlagan.

«Facebook»ning kiyevlik ikki nafar dasturchi — Gleb Sluchevskiy va Andreya Gorbachyovlarga ham da’vosi bor. Kompaniya bu ikkovlonni noqonuniy reklama tarqatish va foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashda ayblamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring