Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» xorijda ham ishlamay qoldi

«Facebook» xorijda ham ishlamay qoldi

«Facebook»dagi bugungi nuqsonlar xaritasi

Bugun «Facebook» chet ellarda ham uzilib-uzilib ishlayotgani haqida xabar berildi. «Xaytek» yozishicha, foydalauvchilar o‘z akkauntlaridan itqitib tashlanyapti va qaytib sahifasiga kira olishmayapti, parollarni tiklash servisi esa ishlamayapti.

«Facebook» faoliyatidan noliganlar asosan Rossiya, Belarus, Litva, Latviya va Estoniyada yashovchilar. Qolaversa, Sharqiy Yevropa va Buyuk Britaniyada ham qisman «ijtimoiy nosozlik» kuzatilgan.

Tarmoqdagi nuqson sabablari odatdagidek noma’lum, kompaniya ham foydalanuvchilariga sharh berishni o‘ziga ravo ko‘rmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring