Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google» harbiy ishlarga aralashib qoldi. Xodimlar bundan qattiq norozi

«Google» harbiy ishlarga aralashib qoldi. Xodimlar bundan qattiq norozi

Foto: «Nv.ua»

«Google»ning 10 nafarga yaqin xodimi kompaniya Pentagonning «Project Maven» harbiy dasturida ishtirok etayotgani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza yozishga qaror qildi. Ushbu dastur nishonlarga aniq zarba berish maqsadida dronlar yordamida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash algoritmlarini o‘z ichiga oladi, deb xabar berdi «NV.ua».

Avvallari «Google» kompaniya qarorlarini muhokama qilishni rag‘batlantiradigan ochiq madaniyatni ilgari surardi. Iste’foga chiqish niyatida bo‘lgan xodimlarning aytishicha, hozir kompaniya rahbatiyati shaffoflikni yo‘qotmoqda va muhokamaga sabab bo‘ladigan biznes-qarorlarni qabul qilmoqda.

«Maven» bilan hamkorlik doirasida «Google» mamlakat Mudofaa vazirligiga tasvirlarni yaxshiroq taniy oladigan sun’iy intellektni yaratishda ko‘maklashmoqda. Ammo xodimlarning hisoblashicha, o‘limga olib keladigan bu kabi mas’uliyatli ishlarni algoritm emas, odamlarning o‘zlari amalga oshirishi kerak va umuman, «Google» harbiy ishlarga aralashmasligi lozim.

Shunga qaramay «Google» o‘z qarorini o‘zgartirmadi — kompaniya «Maven» ustida ishlashni davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring