Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Google» musulmonlarning ko‘ngliga xush yoquvchi xizmatlar taqdim etdi

«Google» musulmonlarning ko‘ngliga xush yoquvchi xizmatlar taqdim etdi

Foto: «Muslim.uz»

«Google» bugungi kunda internet tarmog‘ida katta ulushga ega bo‘lgan internet xizmatlarini taklif etayotgan kompaniya hisoblanadi.

Kompaniya musulmonlarning muqaddas oyi Ramazon munosabati bilan, musulmonlarning ko‘ngliga xush yoquvchi dizayndagi «Google» qidiruv tizimi dizaynini taqdim etdi, deb xabar bermoqda «Muslim.uz».

«GoogleDoodle»ning Ramazonga bag‘ishlangan yangiliklaridan biri sifatida bannerning joylangani bo‘ldi. Bundan tashqari kompaniya ushbu oyda qiblani izlash bilan bog‘liq so‘rovlar ko‘paygani sababli «Qibla Finder» (qiblani topuvchi) xizmati va «Qalam» nomli loyihasini ishga tushirdi.

«Qalam» loyihasida xattotlik san’ati virtual olamga ko‘chirilgan. Istalgan inson o‘z tabrigini arab yozuvida yuborishi mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring