Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Google» shaxsiy emodzi yasovchi ilova chiqardi

«Google» shaxsiy emodzi yasovchi ilova chiqardi

Foto: «Google.com»

«Google» kompaniyasining «Mini» ilovasi chuqur mashina o‘qitish, neyrotarmoqlar va rassomlarning asarlari asosida individual emodzi-simvollar yaratish imkonini beradi, deb xabar bermoqda «Engadget».

Ilovani «iOS» va «Android» smartfonlarga o‘rnatish mumkin. Shaxsiylashtirilgan emodzini yaratishda kishining xos xususiyatlari — terisi va sochining rangi, yuz, qosh, ko‘z tuzilishlari inobatga olinadi. Emodzi yasash uchun foydalanuvchi o‘zining selfi suratini olsa bas: sun’iy intellekt suratlar bazasidan unga eng o‘xshash emodzini topib beradi.

«Google» kompaniyasi «Mini»ni o‘tgan yili chiqarishga uringandi — servisdan faqat «Allo» ilovasida foydalanish mumkin edi. Shundan beri o‘tgan davrda texnologiya biroz o‘zgardi, biroq emodzilar baribir uncha o‘xshamapti, deyiladi nashr izohida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring